AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasidan nomzod, milliarder Donald Tramp, ayollarning şa'niga yomon sözlarni gapirgani uçun uzr söragan videomurojaatini e'lon qildi. 

"Men heç qaçon, eng namunali insonman demaganman. Va özimni şunday soxta tutişga urinmaganman ham. Men hozirda afsus qilayotganim işlarni qilganman va gapirganman. Va bugun havola etilgan ön yil avvalgi video ham şunday yomon işlarimdan biridir. Meni bilganlar, bu sözlar hozirgi Trampni aks ettirmasligini yaxşi tuşunişadi. Men şularni gapirganman, ular xato bölgan, buning uçun uzr sörayman", — degan Tramp.

"Men ahmoqona sözlarni gapirib qöyganman, ammo gap va amal örtasida katta farq bor. Bill Klinton ayollarni haqorat qilgan, Hillari qörqitgan, hujum qilgan, şarmanda qilgan va öz qurbonlariga tahdid qilgan. Biz bularni yaqin kunlarda muhokama qilamiz", — deya qöşimça qilgan siyosatçi. Uning aytişiça, mazkur videoning e'lon qilinişi saylovçilarning e'tiborini muhim masalalardan çalğitişdir. 

Avvalroq, Washington Post gazetasi 7 oktabr kuni 2004 yilgi videoni e'lon qilgan edi. Unda Donald Tramp ayollarga tegajoğliq qilişi bilan maqtanadi. Tramp videoda teleboşlovçi Billi Buş "Hayotimiz kunlari"ning suratga olinişidan avvalroq şu haqda suhbatlaşadi.