Fransiya prezidenti Fransua Olland Varşava 50 ta Airbus Caracal harbiy vertolyotini sotib oliş böyiça 3,5 mlrd dollarlik şartnomadan voz keçgandan keyin bunga norozilik sifatida Polşaga taşrifini bekor qildi. Bu haqda Ollandga yaqin manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

"Fransiya Polşa mudofaa vazirligining 2015 yil aprelda Caracal vertolyotlarini yetkazib beriş böyiça Airbus kompaniyasi tomonidan yutilgan tenderni bekor qiliş qaroridan keyin rejalaştirilgan maslahatlaşuvlarni boşqa sanaga köçirişga qaror qildi", deb aytdi manba. 

Ta'kidlanişiça, Olland va Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Mark Eyro Polşaga 13 oktabrda kelişi kerak edi.