Avstriyaning Coop Himmelb(l)au kompaniyasi arxitektura loyihasi tez orada Xitoyning Futyan viloyatidagi Şençjen megapolisida hayotga tatbiq etiladi. U sekin-asta şaharning madaniyat markaziga aylanadi.  

MOCAPE binosi silliq çiziqli ğaroyib köpqatlamga ega şakli bilan ikkita turli maskanlar – Zamonaviy san'at muzeyi (MOCA) va Körgazmalar markazi (PE), şuningdek, ularning mehmonlari uçun öz eşigini oçadi. 

Taşqaridan bu bino yagona bölib körinsa-da, uning içi xuddi ikki qanot kabi alohida joylaşgan. Ularni kumuş kataksimon tuzilmali «Plaza» umumiy markaziy qismi birlaştirib turadi.  Bu qism «Bulut» deb ham nomlanadi, 

Aerodinamik şakldagi obekt MOCAPE'ning tasviriy va ma'noli markazi bölib, u körgazma zallarini köprik va rampalar bilan boğlab turadi. «Bulut» içida  kafe, kitob dökoni, sovğa dökonlari va  balkonlar bor. 

Toş va şişadan iborat 7 qavatli binoni "yaşil" deb ataş qiyin, atrof-muhitga zararni kamaytiriş uçun arxitektorlar  bino içiga geotermal iliq nasos va quyoş panellarini örnatişdi. MOCAPE balandligi 40 metr bölib, maydoni 80 000 kvadrat metrni taşkil qiladi.