Microsoft kompaniyasi Paint grafik redaktorining yangi avlodini namoyiş etişi mumkin. Tvitter foydalanuvçisi WalkingCat uning taqdimotiga bağişlangan videorolikni qölga kiritgan, deya xabar qilmoqda The Verge.

Microsoft dasturni töliq redizayn qilganidan taşqari, 3D grafikalarini çiziş imkoniyatini ham taqdim etadi. Bu şuni anglatadiki, çizilgan yoki örnatilgan obektlarni nafaqat vertikal va gorizontal holatda, balki çuqurligi böyiça ham joylaş mumkin böladi. 

Redaktorning yangilangan versiyasi Paint Preview nomini olişi aytilmoqda. Yangi Paint şuningdek, planşet kompyuterlarda işlaşga moslaştirilgan. Microsoft kompaniyasi bu borada özining Surface Pro planşetini taklif eta oladi. Hozirça, kompaniya rasman mazkur ilovasini taqdim etganiça yöq. 

Şu yilning may oyida Microsoft kompaniyasi Paint dasturini töliq yangilaşi haqida ilk bor ma'lum bölgan edi.