Toşkent şahar hokimining 2015 yil 18 fevralda  “Toşkent şahrida internet tarmoqlari va kompyuter orqali xizmat körsatuvçi xöjalik subektlarining faoliyatini muvofiqlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 146-son qarori çiqqan edi.

Uşbu qarorga köra, mazkur yönalişda faoliyat olib boruvçi internet kafe va kompyuter klublari keçasi soat 21:00gaça iş olib borişi belgilangan. Afsuski, uşbu qarorning bajarilişi örganilganda, uning talablarini hali-hamon buzib kelayotgan xöjalik yurituvçi sub'yektlar borligi aniqlanmoqda, deb yozadi Toşkent şahar hokimligi rasmiy sayti. 

Xususan, tumanlarda taşkil etilgan işçi guruhlari tomonidan 2016 yil 3-6 oktabr kunlari şahardagi 63 ta “internet kafe” va “kompyuter klub” faoliyati örganilganda: 

Mirobod tumani Fitrat köçasi, 28-uyda joylaşgan «ZOIR-SIDDIQ BIZNES PLYUS»MÇJga qaraşli “Shicago” kompyuter öyingohi 3 oktabr kuni soat 23:00 da va Mirobod köçasi, 27/9-uy, 1,2,3-xonadonlarida joylaşgan “ART INTER TRAYD” MÇJga qaraşli“PRAYM TIME PLAYSTATION” kompyuter öyingohi 5 oktabr kuni soat 21:20 da;  
Yunusobod tumani 14-mavzeda joylaşgan « PLAYSTATION -3» kompyuter öyingohi 3 oktabr kuni soat 23:00 da va 11-mavzeda joylaşgan “GAME CLUB” kompyuter öyingohi3 oktabr kuni soat 23:30 da;
Yaşnobod tumani Usmon Nosir köçasi, 13-uyning yertöla qismida joylaşgan«PLAYSTATION» kompyuter öyingohi    6 oktabr kuni soat 23:10 da (7 nafar fuqaroga xizmat körsatayotganligi);
Yakkasaroy tumani Bratislava köçasi, 2-uyda joylaşgan “VOLCANO GAME” MÇJgaqaraşli “ADRENALIN NET” kompyuter öyingohi 6 oktabr kuni soat 22:30 da (17-18 nafar fuqaroga xizmat körsatayotganligi);
Şayxontohur tumani Labzak köçasida joylaşgan “RESPECT” kompyuter öyingohi 5 oktabr kuni soat 22:30 da faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.

Tungi soat 21:00 dan keyin faoliyat yuritganligi aniqlangan uşbu xöjalik sub'yektlariga nisbatan ma'muriy iş hujjatlari rasmiylaştirildi va jinoyat işlari böyiça tegişli sudlarga yuborildi. Uşbu yönalişda tungi reydlar davom ettiriladi.