Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa AQŞ bilan Transatlantik savdo va investitsion hamkorligi böyiça muzokaralar olib borişini, biroq "amerikaliklar oldida tiz çökişdan" boş tortişini aytdi, deb xabar bermoqda Le Figaro fransuz naşri.

"Biz muzokaralar olib boramiz, biroq Yevropa amerikaliklar oldida tiz çökmaydi. Biz Yevropaga muvaffaqiyatni ta'minlagan tamoyillarni şamolga uloqtirmaymiz", deb aytdi Jan-Klod Yunker Parijda. 

Yunker bu "Yevropa göyoki qolgan dunyodan himoyalanayotgandek körinmasligi kerakligini" aytgan.

Bu haftada Fransiyaning qarşiligiga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasida transatlantik hamkorlik böyiça muzokaralarning 5-raundi boşlandi. Fransiya bu muzokaralarning töxtalişini talab qilmoqda, çunki ularni muvozanatlaşmagan deb hisoblamoqda.

Avvalroq şarhlovçi Mettyu Karniçnig Politico naşrida Yevropa AQŞ va Yevropa Ittifoqi örtasidagi erkin savdo haqidagi Transatlantik savdo va investitsion kelişuvidan noroziligini va bundan maqsad AQŞ kompaniyalarining Yevropadagi pozitsiyalarini kuçaytiriş deb hisoblaşini yozgandi.