AQŞning Leyklend politsiyasi "Makdonalds" restoranida odamlarni garovda uşlab turgan uç nafar avtomobil öğrisini qölga oldi. Avvalroq ular mahalliy "Makdonalds" restoraniga taşrif buyurganlar va uning xodimlarini garovda uşlab turganlari ma'lum qilingandi. Bu haqda Fox 13 News xabar bergandi. 

Biroq keyinroq AQŞ OAV voqeaning ikkinçi versiyasini berdi: jinoyatçilar ehtimol heç kimni garovga olmay, şunçaki restoranda politsiyadan yaşirinmoqçi bölganlar.

Aslida nima yuz berganini hali aniqlaştirişga töğri keladi. 

Eslatib ötamiz, voqea avtomobil öğirlanişi va öğirlangan avtomobilni politsiya taqib qilişidan boşlangan. Fox 13 News telekanalining xabar berişiça, qurollangan jinoyatçilar taqib vaqtida öğirlaggan avtomobilni "Makdonalds" oldida qoldirib, qurol bilan restoran içiga yaşirinib olganlar.    

Restorandagi aksariyat odamlar qurollangan odamlarni körgaç, uni tezda tark etişga ulgurişgan. Biroq bir qism odamlar, jumladan restoran xodimlari bino içida qolib ketişgan.