Efiopiya hukumati mamlakatda namoyişlar davom etayotgani munosabati bilan favqulodda holat tartibi joriy etilgani haqida e'lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
«Favqulodd holat şuning uçun joriy etildiki, hozirgi vaziyat mamlakat aholisi uçun tahdid solmoqda», — degan Efiopiya boş vaziri Xaylemariam Desalen.
Oktyabr oyi boşida Efiopiya muxolifati hukumatga qarşi uyuştirgan aksiya çoğida yuzaga kelgan tiqilinçlikda 100dan ortiq kişi halok bölgandi.
Muxolifat vakillari politsiya namoyişçilarga qarşi közni yoşlantiruvçi gaz qöllaganidan söng odamlar tartibsiz çekina boşlagan, buning natijasida köplar oyoq ostida qolib ketgani haqida ma'lum qilgandi.












