Jahon | 11:05 / 09.10.2016
5483
2 daqiqa o‘qiladi

Gaitida "Mettyu" qurbonlari xotirasiga 3 kunlik motam boshlandi

Foto: AFP

Gaiti hukumati o‘tgan haftada "Mettyu" dovuli tufayli qurbon bo‘lganlar xotirasi uchun 3 kunlik motam e'lon qildi. Bu orol davlatda tabiiy ofat tufayli 900dan ortiq kishi halok bo‘lgan, vabo boshlangani tasdiqlangan.

Qutqaruvchilar hali ishni yakunlashmagan, sog‘liqni saqlash vazirligi qurbonlar soni ortishi mumkinligini bildirgan.

Tibbiyot xodimlari 2010 yilgi zilziladan keyin bo‘lgani kabi vabo yuzaga kelishi mumkinligini tasdiqlashgan.

Gaiti sayyoraning eng kambag‘al mamlakatlaridan biri hisoblanib, ijtimoiy infratuzilmalar nochor holatda.

"Mettyu" dovuli Karib havzasiga bostirib kelgan keyingi 10 yillikdagi eng yirik bo‘ron bo‘ldi. Bu tabiiy ofat Safir-Simpson shkalasi bo‘yicha mavjud besh darajaning eng yuqori holatini qayd etdi. Shamol tezligi soatiga 230 km bo‘ldi.

Hozirda dovul AQShning janubi-sharqiy shtatlariga yetib borgan, uning tezligi soatiga 120 km tezlikkacha tushgan.

AQShning Florida, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida favqulodda holat tartibi e'lon qilinib, aholi xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan.

Shanba kuni AQShda ushbu tabiiy ofat tufayli 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.

Mavzuga oid