IŞID jangarilari 2015 yilning yanvaridan buyon Iroq va Suriyada egallab olgan hududlarining 28 foizidan ayrilgan. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar berdi.
Londondagi tahliliy va konsalting markazi (IHS) tomonidan ma'lum qilinişiça, IŞID tasarrufidagi hudud 78 ming kv km maydondan 65 ming kv km maydonga qisqargan. Bu taxminan Şri Lanka maydoniga teng (12,5 ming kv km).
Şu bilan birgalikda keyingi 3 oyda IŞID jangarilarining yöqotişlari kamaygan (2800 kv km).
IHS tomonidan qayd etilişiça, bunda Rossiyaning "aybi bor". Yil boşida Rossiya aviatsiyasi hujumlarining 28 foizlik uluşi IŞIDga qarşi qaratilgandi, keyingi çorakda esa bu körsatkiç 17 foizga tuşdi.
Şu bilan birgalikda IŞID kuçsizlanişda davom etmoqda.
Iroq harbiylari iyul oyida jangarilarni strategik ahamiyatga ega Kayyara aviabazasidan surib çiqardi va Mösulga keng kölamli hujum boşlaş uçun yöl oçildi.
Avgust oyida esa AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan kurdlar va arab laşkarlari Suriyadagi Manbij şahrini egalladi. Bu şahar IŞIDning Suriyadagi poytaxti hisoblanadigan Raqqa şahriga eltuvçi yölda, Turkiya bilan şimoliy çegara yaqinida joylaşgan.
"Turkiyaga kontrabanda yöli tösilişi Turkiya orqali hududga yollanma jangarilar kirib kelişi imkonlarini keskin kamaytirdi. Bu vaqtda esa Iroq harbiylari Mösulni çor tarafdan örab kelmoqda", deya qayd etişgan tahlilçilar.

Oktyabr oyining ikkinçi yarmida jangarilarning Iroqdagi poytaxti sanaladigan Mösulga yakunlovçi hujum boşlanişi kutilmoqda.
Bağdod bu şahar olinişi IŞIDning Iroqda butkul yengilganini anglatişini ta'kidlamoqda.












