Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: G‘arb yetakchilari Putinni tanqid qilishda "kimo‘zarga" bahslashishadi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb mamlakatlari rahbarlarining Vladimir Putinga munosabati haqida gapira turib, ularni rossiyaliklar yetakchisini tanqid qilishda "kimo‘zarga" musobaqalashishda aybladi.
"G‘arbdagi ba'zi mamlakatlarining poytaxtlarida Vladimir Putinni yomonlash "yaxshi xulq normasi"ga aylangan. Ular Rossiya rahbarini "kimo‘zarga" tanqid qilishadi", degan Lavrov "Birinchi kanal"ning ("Pervyy kanal") "Yakshanba vaqti" ("Voskresnoye Vremya") nomli axboriy-tahliliy dasturi uchun bergan intervyusida.
"Ehtimol, bunga shaxsiy sabablar bordir. Lekin men biron marta Rossiya Federatsiyasi prezidenti sifatida Vladimir Putin o‘z hamkasblariga shunday hurmatsizlik qilganini eslay olmayman", deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Bundan oldinroq, AQSh vitse-prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod hisoblanadigan Tim Keyn Vladimir Putinni "diktator" deb atagandi.
Bu amerikalik siyosatchilarning Putin sha'niga haqorat yo‘llashi bo‘yicha yagona holat emas. AQSh Moliya vazirligi vakili, Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan shug‘ullanuvchi Adam Shubin Rossiya prezidentini "korrupsiya botqog‘iga botgan shaxs" deb atagandi.
Ukrainalik siyosatchilar ham bir necha marta haqorat ishlatishgan. Ukraina TIVning sobiq rahbari Andrey Deshitsa 2014 yilning iyunida Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi yonida to‘plangan namoyishchilar qatorida turib, Putinga qaratilgan haqoratli hayqiriqlarni aytgandi.
Mavzuga oid
14:30 / 17.12.2018
Lavrov Kiyevning ehtimoliy ig‘vogarliklariga javob qaytarilishi haqida ogohlantirdi
09:07 / 18.09.2017
Nyu-Yorkda Lavrov va Tillerson uchrashuvi yakunlandi
11:13 / 09.04.2017
Tillerson AQShning Suriyadagi bosh maqsadi haqida gapirdi
10:40 / 07.04.2017