AQŞ prezidentligi uçun saylovlarning birinçi bosqiçida Respublikaçilar partiyasidan nomzod sifatida iştirok etgan Ted Kruz partiyaning yakuniy bosqiçiga ötgan nomzodi Donald Trampni qöllab-quvvatlaşdan voz keçiş haqida öylamoqda. Bu haqda Amerikadagi bir qança manbalarda aytilgan.
ABC News telekanali orqali Kruzning yordamçisi "Senator Trampni qöllab-quvvatlaş masalasini qayta körib çiqmoqçi" ekani haqida aytgan.
Şuningdek, CNN telekanalida Kruz "Trampni AQŞ prezidentligi poygasida qöllaşni töxtatişi" haqida xabar qilingan.
Kruzning özi Tramp aralaşib qolgan mojaroga tvitteri orqali munosabat bildirib, milliarderning sözlariga "toqat qilib bölmasligi" haqida yozgan.
Bundan oldinroq, Ted Kruz "uzoq vaqt davomida öylab körib, saylovda Trampni qöllab-quvvatlamoqçi ekani" haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib ötamiz, Washington Post naşri 7 oktabrda Trampning iştirokidagi 2005 yildagi videoni çop etdi. Tramp unda ayollarga tegajoqlik qilişi bilan maqtangan.
Bu voqealardan keyin Trampning nufuzi amerikaliklar orasida keskin tuşib bormoqda.












