Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi 600dan ortiq kishi ko‘mib yuborilgan maxfiy qabriston topildi
Meksikaning Koauila shtatida 600dan ko‘proq kishining qoldiqlari bor maxfiy mozor topildi. Bu haqda Uno TV telekanalida xabar qilingan.
Qabriston San-Pedro munitsipiya hududida o‘zining yo‘qolib qolgan yaqinlarini qidirish bilan shug‘ullangan bir guruh faollar tomonidan topilgan. Guruh yetakchisi Silviya Ortis topilgan qoldiqlar ularni identifikatsiya qilish uchun hukumatga topshirilganini aytdi. Hozircha ushbu holat bo‘yicha tergov boshlangani haqida ma'lumot berilmagan.
Koauila shtati mahalliy jinoiy guruhlarning narkotrafikni nazorat qilish uchun muntazam olib borgan qarama-qarshiliklari sababli uzoq vaqt xavfli shtatlardan biri bo‘lib kelgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, shtat hududida 1,8 ming kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanadi. Oxirgi 5 yil ichida shtatda yashirin umumiy qabrlarda 455 kishining qoldiqlari topilgan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026