Rossiyalik maşhur kinoaktyor Leonid Kuravlyov bugun özining sakson yoşini nişonlamoqda. U 1936 yil 8 oktabrda Moskvada işçi oilasida dunyoga kelgan. 1955 yilda Butunrossiya Kinematografiya instituti talabaligiga qabul qilingan. Talabalik çoğidayoq kinofilmlarda suratga tuşişni boşlagan Leonid keyinçalik maşhur sovet komediyanavislari Vasiliy Şukşin, Leonid Gayday filmlaridagi rollari bilan e'tibor qozongan.
Kuravlyovning Paşka Kolokolnikov, Xoma Brut, Volodka Zavituşkin, Jorj Miloslavskiy, Afonya Borşçov kabi qahramonlari köpçilik kinomuxlislarning yodida muhrlanib qolgan. Aytiş mumkinki, u bugungi kun Rossiya kinosida ham talab kuçli bölgan aktyorlardan biridir. Unga kino va televizion seriallarda turli rollarni işonib topşirişadi.










.


Suratlar:RIA Novosti











