Afsonaviy sportçi, langarçöp bilan sakraş musobaqalarida faoliyati davomida 35 marta jahon rekordlarini örnatgan, hozirda Xalqaro Olimpiya qömitasi ijroiya qömitasi a'zosi, Butunjahon yengil atletika federatsiyasi vitse-prezidenti hamda Ukraina Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Sergey Bubka Özbekiston Milliy olimpiya qömitasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etiş kerakki, bundan sal kam 3 yil avval Toşkentda bunyod etilayotgan Milliy olimpiya qömitasi yangi binosining poydevoriga birinçi ğiştni aynan Sergey Nazaroviç qöyib bergan edi. Bugungi kunda Toşkent körkiga körk köşib turgan Milliy olimpiya qömitasi binosiga Sergey Bubka Osiyo yengil atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Aleksey Kondrat hamda Özbekiston yengil atletika federatsiyasining boş kotibi Yevgeniy Nujdin hamrohligida taşrif buyurdi. 

Martabali mehmonni Madaniyat va sport işlari vazirining birinçi örinbosari Murod Aliyev va Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Oybek Qosimov kutib olişdi. Sergey Bubka binoni közdan keçirar ekan, qisqa vaqt mobaynida ana şunday ulkan inşootning qurib bitkazilişi va foydalanişga topşirilişi, qolaversa bu yerda nafaqat Milliy olimpiya qömitasi, balki Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining barpo etilişiga yuqori baho berdi. 

Yaqin ötmişning sport afsonasi Milliy olimpiya qömitasida joylaşgan kiçik muzey, majlislar zali, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini közdan keçirdi. Bu yerda yaratilgan şaroitlarni körib hayratini yaşira olmadi va Özbekiston Milliy olimpiya qömitasini dunyoning boşqa mamlakatlariga örnak sifatida körsatiş maqsadga muvofiq bölişini ta'kidladi. 

Şundan söng, muzokaralar zalida Sergey Bubka ikkala tomon örtasida hamkorlik memorandumini imzolaşni taklif qildi. Unga köra, Özbekiston va Ukraina Milliy olimpiya qömitalari sportçilarni tayyorlaş, murabbiylar malakasini oşiriş, sport tibbiiyoti masalalarida tajriba almaşiş foydadan xoli bölmasligiga alohida urğu berdi. 

Şuningdek, suhbat davomida Özbekistonning sport salohiyatiga yuqori baho berar ekan, Ukraina Milliy olimpiya qömitasi prezidenti özbekistonlik sportçilarning XXXI yozgi Olimpiya öyinlarida erişgan natijalariga alohida töxtalib ötdi. Bu muvaffaqiyatlar öz özidan qölga kiritilmagani, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov buyuk inson bölgani va sport taraqqiyoti yölida katta işlar qilganini ta'kidlab ötdi.

Milliy olimpiya qömitasiga qilgan taşrifi yakunida Sergey Bubka taklif va mulohazalar daftariga özining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.