Muxolifatdagi Suriya ozodlik armiyasi "Frot qalqoni" amaliyoti doirasida ötgan kuni IŞIDning 14 nafar jangarisini yöq qilgan. Yana 17 nafar jangari Turkiya Harbiy havo kuçlari samolyoti bergan aviazarbalar oqibatida yöq qilingan. Bu haqda Turkiya Qurolli kuçlari boş ştabi matbuot xizmati xabar berdi.

"Aktarin va Turkmen Bari aholi turar joy hududlarida SOA jangçilari IŞIDga qarşi jang olib bordi. Jang davomida 14 jangari yöq qilingan. SOAning yöqotişi 2 askar, yana 19 kişi jarohatlandi. Koalitsiyaning samolyotlari uyuştirgan hujum orqali 17 jangari öldirilib, 1 avtomobil va 3 bino yöq qilindi", deyilgan xabarda.

Turkiya armiyasi 24 avgust kuni IŞIDga qarşi amaliyotlar ötkaziş maqsadida Suriya şimoliga tanklarini kiritdi. Ilk janglardan keyinroq Jarablus şahri egallandi va şahar nazorati muxolifatdagi kuçlarga topşirildi. Keyinçalik Turkiyaning maqsadi faqat IŞIDga qarşi kuraş emas, Suriya kurdlarini Frotning ğarbiy qirğoqlaridan surib taşlaş ekani ma'lum böldi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Suriya şimolida qoçqinlar uçun xavfsiz hudud yaratilişi uçun 5 ming kv km maydonni jangarilardan tozalaş zarurligi haqida gapirgan.