Insonning immun tizimi allergenlar hujumiga yöliqqan hamda ifloslangan atrof-muhitdan zaiflaşgan bir paytda allergiyadan butkul xalos böliş qiyin, lekin çin dildan kirişsangiz, buning uddasidan çiqişingiz mumkin.
Allergiyadan qutuliş uçun, eng avvalo, uning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş lozim. "Komsomolskaya pravda" hamda "Happy lady" naşrlarida şu mavzuda berilgan maqolalarni örganib çiqib, ularni siz bilan bölişişga qaror qildik.
Allergolog-şifokorlar burun bitişi va yoşlanuvçi közlardan xalos bölişda yordam beruvçi oddiy qoidalarga rioya qilişni tavsiya qilişadi.
1. Uyquga ketişdan avval duş qabul qiling. Terak pari, ösimliklar çangi va şu kabilar soçlaringiz yoki teringizga "ötirib qolişi" mumkin. Şu bois uyqu oldidan poklanişni unutmang.

2. Özingizni qölga oling. Ehtimol, kimgadir bu usul ğalati tuyular, lekin Nyu-York tibbiyot markazida ötkazilgan tadqiqotlardan biri stressga yöliqqan yoki tuşkunlikka tuşgan kişilarning allergiyadan köproq aziyat çekişini körsatgan. Zero stress immunitetni pasaytiradi. Şu bois könglingizda birovlarga gina-alam saqlamay, bunday vaziyatlarga oqilona yondaşing. Salbiy his-tuyğularni dilida saqlovçi kişilar, birinçi navbatda, özlariga ziyon yetişini yodda tutişsin!
3. Burningizni tozalang. Bir keça-kunduzda burnimizdan 17 ming litr havo ötar ekan! Tasavvur qilib köring-a, qançadan-qança zararli çökmalarning mikrozarraçalari yuqori nafas oliş yöllarining şilliq pardalariga kelib tuşadi! Şuning uçun hattoki burun bitişidan nolimasangiz-da, har kuni burunni yuvib turiş juda foydali ekanini unutmang. Buni oddiy suvda yoki dengiz suvi va minerallari bölgan spreyda amalga oşiriş mumkin.
4. Çoyşablaringizni qaynating. Çoyşab va yostiq jildlarini har ikki haftada qaynoq suvda yuviş kerak. 30-40 darajali haroratdagi suvda yuviş çoyşabdagi zararkunandalarni öldira olmaydi, ular esa ösimliklar çangi va moğor zamburuğlar bilan bir qatorda eng keng tarqalgan allergenlar uçligiga kiradi.















