Tesla va Space X kompaniyalari asosçisi Ilon Mask 17 oktabrda köpçilik uçun "kutilmagan işlanmani" taqdim qilişga va'da berdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

U bu haqda tvitterda yozdi.

Business Insider naşrining yozişiça, bu kutilmagan mahsulot elektromobillarga yöl beglilarini öqiş va svetofor signallarini taniy olişga imkon beruvçi ikkinçi avlod avtopiloti bölişi mumkin. Sentyabrda avtomobillar işlab çiqaruvçi Tesla kompaniyasi bir qator yöl-transport hodisalaridan keyin radarlarning metall jismlarga sezgirligini oşirib, avtopilotni takomillaştirmoqçi ekanligi ma'lum qilingandi.

Naşr, şuningdek, Tesla elektromobillarini uy şaroitida quvvatlaşga imkon beruvçi Powerwall and Powerpack qurilmasini taqdim qilişi mumkinligini aytdi.