Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Istanbulda muzokaralar ötkazdi. Siyosatçilar bundan avval, Jahon energetika kongressining maxsus sessiyasida ham iştirok etişdi. Ta'kidlaş joizki, bu uçraşuv ikki davlat yetakçilarining oxirgi ikki oydagi uçinçi uçraşuvidir. Avstriyaning Der Standard naşriga köra, Anqara va Moskva aloqalarining mustahkamlanişi Turkiyaning AQŞ va YeI berayotgan ijrosiz va'dalardan hafsalasi pir bölganini körsatadi.
«Erdöğan Suriyaga kirişi uçun Rossiyaning roziligini qölga kiritişni xohlagan edi. Anqara kurdlarning ğalabali yurişiga çek qöyişni istayotgandi», — deb yozadi maqola muallifi.
Maqolada yozilişiça, Vladimir Putin «turk qöşinlarining Suriyaga kirişiga ruxsat berganiga javoban, Erdöğan ham hamkasbidan qarzdor bölib qolgani yöq. Kutilmaganda, Turkiya rahbari Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini tanqid qilmay qöygan».
Şu bilan bir vaqtda, Qöşma Ştatlar «turk yetakçisini yalintirmoqda» va hamon harbiy davlat töntarişini uyuştirganlikda gumon qilinayotgan Fathulloh Gulenni topşirayotgani yöq. Öz navbatida, YeI va'da qilgan vizasiz tartibni joriy qilişni xohlamay, «oyoq tirab turib olgan».
«Şunga qaramay, Erdöğan yakkalanib qolgani yöq. Uning xalqaro maydonda avvalgi yangi qadrdoni bölgan — Vladimir Putin bor», deb yozadi Avstriya naşri.












