Madridning As sport naşri rahbari Alfredo Relano “Barselona” himoyaçisi Jyerar Pikedan yengi kesilgan Ispaniya terma jamoasi libosi atrofida mojaro yuzaga keltirgani uçun uzr söradi.

“Umid qilamanki, Pike ham JÇ-2018 musobaqasidan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlaş borasidagi qarorini Messi kabi qayta öylab köradi. Men uning qarorini tuşunaman – unga nisbatan tuhmat qilişdi. U “Real”ga nisbatan doimo jangovar munosabatda bölgan, ijtimoiy tarmoqlarda ham ularga qarşi izohlar yozgan, biroq Ispaniya terma jamoasi haqida gap ketganida, u doimo örnak bölgan. “Barselona” öz tarixida Ispaniya terma jamoasiga eng köp öyinçilarni yetkazib bergan va buni rad etiş kerak emas.

Terma jamoa libosining yengi borasidagi voqea uning sabr kosasini töldirdi. Undan şoşqaloqligimiz uçun uzr sörayman. Sababi, As onlayn-naşri bu voqea haqida birinçi bölib xabar berdi va bu ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarning noroziliklarini keltirib çiqardi. Bunday şov-şuvlar kam hollarda yaxşilikka olib keladi. Umid qilamanki, Pike öz qarorini özgartiradi”, – dedi Relano.

JÇ-2018 musobaqasining saralaş bosqiçida Ispaniya Albaniyaga qarşi kuraşib, 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Pike uşbu öyinga yengida mamlakat bayroği bölmagan libosda maydonga tuşdi. Şundan söng ijtimoiy tarmoqlardagi futbol muxlislari va OAV “Barselona” futbolçisini tanqid ostiga olişdi. Biroq RFEF bayonotida Pike yengi uzun futbolkada maydonga tuşgani va unga Ispaniya bayroği ranglari siğmasligi aytib ötilgan.