Marsning şimoliy yarim şaridagi Deuteronilus Mensae hududi insonlarning birinçi ekspeditsiyasi uçun mos keluvçi joy bölişi mumkin. Sababi, u yerda katta miqdorda suv muzliklari mavjud. Tadqiqotçilar işonib aytişiça, aynan şu hududda özga sayyoraliklar hayotini kaşf etiş mumkin. Bu haqda xabar qilmoqda.
Olimlar tomonidan aniqlangan mintaqaning radiusi 100 kilometrga yaqin bölib, u Utopiya va Xris tekisliklari orasida joylaşgan. Hududning aniq koordinatalari — 39,1 daraja şimoliy kenglik va 23,1 daraja şarqiy uzunlik.
Dunyoning yetakçi fazoviy agentliklari avvalari juda köp marotaba Marsga ekspeditsiya jönatiş rejasi haqida ma'lum qilişgan. Jumladan, NASA astronavtlarni mazkur sayyoraga 2030 yillardan joylaştirişni rejalaştirgan. Amerikaning xususiy SpaceX kompaniyasi Marsga öz missiyasini 2024 yilda yuboriş niyatida.
29 sentabr kuni AQŞlik tadqiqotçilar Journal of Geophysical Research: Planets naşrida Mars platosi Tavmasiyani tirik organizm uçun eng munosib joy deb ataşdi.












