AQŞning Ruminiya va Polşada RQM tizimlarini joylaştirişi Örta va qisqa masofalarga uçuvçi raketalar böyiça şartnoma bandlarini buzadi. Bu haqda, Rossiya Boş ştabi Boş operativ boşqarmasi rahbari birinçi örinbosari Viktor Poznixir bayonot bergan.
Poznixirning izoh berişiça, gap universal Mk.41 kema uçiruvçi qurilmalari haqida bormoqda. Ular, Standard SM-3 raketalarga qarşi vositalardan taşqari, uzoq masofaga uça oladigan Tomahawk qanotli raketalarini uçirişga imkon beradi. Ruminiya va Polşadagi RQM bazalarida esa aynan uşbu uskunalar örnatiladi.
«Qanotli raketalarni kemalardan uçirişda qöllaniladigan uskunalarning quruqlikda joylaştirilişining özi AQŞ tomonidan örta va qisqa masofalarga uçuvçi raketalar töğrisidagi şartnomani buzilişini anglatadi», — deb ta'kidlagan Boş ştab mulozimi.
Uning sözlariga köra, Rossiyaning deyarli barça Yevropa hududi Amerika qanotli raketalari zarbasiga uçraşi mumkin. «Bunda Yevropa va RQM kemalaridagi Mk.41 uskunalarini Tomahawk qanotli raketalari bilan jihozlaş işlari qisqa muddatda va yaşirin tarzda amalga oşirilişi mumkin», — degan Poznixir.
Xususan, Ruminiyaning Deveselu tumanida Aegis Ashore (Ijis Eşor) uskunalarini quriş işlari 2015 yil mayida yakunlangan edi. Öşa yilning dekabr oyida undan töliq foydalaniş mumkin edi. Yana bitta xuddi şunday inşoot Polşa şimolidagi Redzikovo tumanida barpo etilmoqda. U 2018 yilda tayyor böladi.
Aegis Ashore kemalarga örnatiluvçi Aegis tizimining quruqlikka örnatiladigan namunasidir. Yerga örnatiladigan va tört qavatli uy balandligiga mos keluvçi 900 tonnalik uskuna raketalarni uçiriş universal qurilmasiga ega.

















