BMT Bosh assambleyasi 13 oktabrda Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishni 5 yillik muddatga BMT bosh kotibi etib tayinlash masalasini ko‘rib chiqadi, deb ma'lum qilindi BMT Bosh assambleyasi 71-sessiyasining raisi Piter Tomson internet-saytida.
Uning sahifasida joylashtirilgan, BMTga kiruvchi 193 ta davlatga yo‘naltirilgan maktubda Bosh assambleya yig‘ilishi 13 oktabrga Nyu-York soati soat 10:00ga rejalashtirilgani aytilgan. Maktubga uchrashuvda qabul qilinadigan rezolyutsiya loyihasi ilova qilingan. Hujjatga ko‘ra, Guterrish yangi muddatga BMT bosh kotibi etib tayinlanadi. Bu muddat 2017 yil 1 yanvarida boshlanib, 2021yil 31 dekabrida yakunlanadi.
Guterrishning BMTning yangi rahbari etib tayinlanishi uchun davlatlarning uchdan ikki qismining ovozi kifoya qiladi. Biroq BMT Bosh assambleyasi raisi maktubda rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilinishiga umid bildirgan. Tomson, shuningdek, 19 oktabrda yangi bosh kotib ishtirokida norasmiy yig‘ilish o‘tkazishini ma'lum qildi.















