YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi Özbekiston prezidentligi uçun töplaş zarur bölgan imzolar sonini umumiy saylovçilar sonining 5 foizidan 1 foiziga tuşirilganini yuqori baholadi, deb xabar qilmoqda Özbekiston MSK matbuot xizmati.
MSK ma'lumotlariga köra, YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi missiyasi bilan bölib ötgan uçraşuvda, byuro ekspertlari saylov qonunçiligidagi özgarişlarni yuqori baholaşgan. Missiya mutaxassislari 11-14 oktabr kunlari Respublikadagi saylovoldi jarayonini örganib, Özbekiston TIV, Oliy Sudi, Adliya vazirligi, parlament yuqori palatasi, markaziy OAV vakillari hamda boşqa idoralar rahbarlari bilan uçraşadi. Missiya ötkazilgan uçraşuvlar natijasiga köra, saylovlarda kuzatuvçi sifatida iştirok etiş yoki etmaslik, uning şakli, muddati va soni xususida qaror qabul qiladi.
" YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi talablarni baholaş missiyasi ekspertlari MSKning okrug saylov komissiyalari uçun onlayn seminar-trening ötkazilayotgani borasida ijobiy fikrlarni izhor qilib, saylov komissiyalari a'zolarini hamda saylovçilarning özini bölğusi saylovlarga sifatli tayyorlaş muhimligini ta'kidlaşgan", — deya xabar qilgan MSK.
Prezidentlik saylovlarida nomzodlarni qöllab-quvvatlaş uçun imzo sonini kamaytiriş töğrisidagi tuzatişlar mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanib, 2015 yil dekabrida kuçga kirgan edi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti uçun saylovlar 2016 yil 4 dekabrida bölib ötadi.












