Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan AQŞ prezidentligi uçun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonni, uning Suriyadagi kurd bölinmalariga qurol berişni ma'qullagani uçun tanqid qildi. 

"Klinton xonim bunday bayonot bermasligi kerak", - degan Erdöğan mahalliy sud vakillari bilan Anqara şahrida ötkazgan uçraşuvida. 

Klinton 9 oktabr kuni Sent-Luis şahrida respublikaçilar nomzodi Donald Tramp bilan ötkazgan telebahslarida Suriyadagi Demokratik ittifoq partiyasining bölinmalarini qurollantiriş fikrini bildirgan edi. Anqara ma'muriyati bu partiyani terrorçilik taşkiloti deb hisoblaydi. 

"Terrorçilar bilan öynaşiş – olov bilan öynaş kabidir. Olov bizni aylanib ötgan bilan boşqalarni ayab ötirmaydi", - degan Erdöğan. 

Turkiya yetakçisi, şuningdek, AQŞni Demokratik ittifoq hamda IŞIDga qurol yetkazib berayotganlikda aybladi. 

"AQŞ Suriyadagi terrorçilik guruhlarga qurol yetkazib berayapti. Yarmini Demokratik ittifoq partiyasiga, yarmini IŞIDga taqdim etmoqda", -deya ta'kidlagan Turkiya rahbari.