AQŞ prezidenti Barak Obama AQŞ Respublikaçilar partiyasining nufuzli a'zolarini partiyadan AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni qöllab-quvvatlaşdan rasman boş tortişga çaqirdi. Bu haqda gazeta.ru xabar bermoqda.
Obamaning aytişiça, Tramp AQŞni xalqaro sahnada bildiriş uçun yaramaydi.
"Na öz fe'l-atvoriga, na tayyogarçilik darajasi va bilimiga, na bu bilimlarni oliş istagiga, na rostgöyligiga köra u prezident bölişga yaramaydi", deb aytdi Obama.
Obama Xillari Klinton nomzodini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan namoyişdagi nutqida Trampni biror marta öz nomi bilan atamadi va bir neça bor "u mamlakat boş qömondoni bölişga va dunyodagi eng buyuk demokratiyaning rahbari roliga yaramaydi" deb ta'kidlab ötgan.
Obama şuningdek milliarder bağrikenglik, huquqiy tartibotlariga amal qiliş va özaro hurmat kabi qadriyatlarni şubha ostiga qöyişini aytib ötdi.
"Bizning demokratiya bu tarzda işlamaydi", deb öz sözlarini intiholadi Obama.












