Rossiyaning «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi şu yilning 4 noyabridan boşlab Çelyabinsk-Toşkent yönalişi böyiça parvozlarni yöl qöyişni rejalaştirgan. Bu haqda, «Çelyabinsk» xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Rossiya aviakompaniyasi mazkur reysni 2016 yil 4 noyabridan 2017 yil 24 martiga qadar amalga oşiradi.
Har haftaning juma kuni soat mahalliy vaqt bilan 8:35da Çelyabinsk aeroportidan havoga kötarilgan samolyot 10:50da Toşkent aeroportiga kelib qönadi. Bu yerdan juma kuni 12:20da parvoz qiluvçi havo layneri Çelyabinskka 15:35da yetib boradi.
Parvozlar bortiga 160 nafargaça yölovçini siğdira oladigan qulay Airbus A-320 samolyotida amalga oşiriladi.
















