Janubiy Qozoğiston viloyati akimi (hokimi) Janseit Tuymebayev Qozoğistonga taşrif buyurgan Özbekiston boş vaziri örinbosari Uluğbek Rozuqulov bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar bermoqda akim matbuot xizmati.

Ta'kidlanişiça, muzokaralar vaqtida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan hamda savdo aylanmasini tartibga soliş böyiça kelişuvga erişilgan.  

Bundan taşqari, davlatlar Janubiy Qozoğiston viloyatida ikki davlat çegarasida savdo hududi va amaliy aloqalarni muvofiqlaştiriş uçun maxsus işçi guruh yaratişga kelişib olişdi. Joriy yilga belgilangan  tadbirlar doirasida Çimkentda özbekistonlik işlab çiqaruvçilarining körgazmasi ötkaziladi. 

Rozuqulov taşrif vaqtida viloyatda biznesni yuritişning imkoniyatlari bilan tanişdi.

Xususan, özbekistonlik mehmonlarga "Ximfarm", "Kaz Kioti" traktor zavodining işlaş jarayoni körsatilgan. Bundan taşqari, delegatsiya tarkibiga kirgan özbekistonlik tadbirkorlar traktor zavodi bilan şerikçilik aloqalarini örnatiş istagini bildirdilar.