12 oktabrda Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinçi yalpi majlisi bölib ötdi. Unda senatorlar, xususan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan işlab çiqilgan va parlamentga kiritilgan “Kasaba uyuşmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartişlar kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasi qonunini körib çiqdilar.
Amaldagi qonunga kiritilişi nazarda tutilgan özgartiş va qöşimçalar kasaba uyuşmalari faoliyatini tartibga soluvçi qonun hujjatlarini yanada takomillaştirişga, qonunning amalda qöllaniş amaliyotini tahlil qiliş natijasida aniqlangan eskirgan normalar, qoidalar va nuqsonlarni bartaraf etişga, foydalanilayotgan tuşunçalar va atamalarning bir xilda qöllanilişini ta'minlaşga, qonunning ayrim normalarini yangi qabul qilingan qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlaştirişga qaratilganligi qayd etildi.
Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda, şu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar işlaydigan joylarda, şuningdek, tarmoqlar va hududlar darajasida kasaba uyuşmalari taşkilotlarini tuziş va faoliyatini ta'minlaş tartibi belgilandi. Kasaba uyuşmalari organlarining saylab qöyiladigan lavozimlariga saylanişi munosabati bilan işdan ozod etilgan xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qiliş kafolatlari kuçaytirildi. Xodimlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilişda kasaba uyuşmalarining rolini oşirişga qaratilgan boşqa taşkiliy-huquqiy mexanizmlar mustahkamlandi.
Oliy Majlis Senati a'zolarining fikriça, uşbu qonunning qabul qilinişi ijtimoiy-mehnat sohasida kasaba uyuşmalari faoliyati erkinligining kafolatlanişini ta'minlaşga xizmat qiladi, huquqni qöllaş amaliyotini yaxşilaşga, ijtimoiy-mehnat sohasida qonuniylikni ta'minlaşga hamda jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga kömaklaşadi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi. deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.











