Atlantika okeanidagi "Nikol" tropik dovuli xavfli törtinçi darajaga qadar kötarildi. Bu haqida dovullarni örganiş bilan şuğullanuvçi AQŞ Milliy markazi xabariga asoslanib, RIA "Novosti" ma'lum qildi. 

Bundan avval dovul uçinçi darajagaça kötarilgan edi. Hozirda dovul Bermud orollaridan 290 kilometr masofada kuzatilmoqda. Şamol tezligi soatiga 210 kilometrga yetmoqda. 

Ob-havo ma'lumotiga köra, dovul öz yönalişini şimoli-şarq tomonga özgartiradi va payşanba kuni yanada kuçayadi. Dovulning payşanba kuni Bermud orollari ustidan ötişi kutilmoqda.