Turkiya tergovçilari muxolifatdagi diniy arbob Fathulloh Gulen tarafdorlarining 2015 yil noyabr oyida Rossiyaning Su-24 bombardimonçi samolyotini urib tuşirişga aloqasini örganib çiqmoqda. Turkiya boş vaziri maslahatçisi Mehmet Akarjning sözlariga köra, bu Moskva bilan Anqara munosabatlariga rahna soliş uçun tuzilgan maxsus rejaning bir qismi bölgani oydinlaşib bormoqda. 

2015 yil noyabrida Turkiya qiruvçi samolyoti Suriya osmonida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tuşirgaç, Rossiya va Turkiya örtasidagi aloqalar yomonlaşgan edi. 

"Samolyotni yöq qilişga buyruq berganlar va bu buyruqni bevosita amalga oşirganlar Gulen bilan aloqadorligi uçun qamoqxonada saqlanmoqda. Şunday ekan, ulardan bu haqda albatta söraşadi. Mening fikrimça, haqiqatdan ham şunday bölgan", — degan Akarja. 

"Bu umuman mamlakatga qarşi til biriktiriş edi. Şunday maqsadlardan biri, uning taşqi siyosatiga zarar beriş, xususan Rossiya bilan ziddiyatni vujudga keltirib, ikki mamlakat munosabatlarini buziş bölgan", — deya qöşimça qilgan boş maslahatçi, "hozirda, bu aniq bölib borayotgan"ini ta'kidlagan.