AQŞ prezidentligi uçun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton Rossiya prezidenti Putinga qarşi turişi haqida köp bora ta'kidlamoqda. Biroq, u bundan avval Rossiya davlat rahbari haqida bir neça marotaba ijobiy fikrlarni bildirgan, deb xabar qilmoqda Fox News telekanali WikiLeaks sayti oşkor qilgan ma'lumotlarga asoslangan holda.

Xususan, Klinton saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podestaning maktublarida yozilişiça, 2013 yil iyun oyida Goldman Sachs banki rahbariyati oldida çiqiş qilişidan avval, Klinton xonim RF prezidenti bilan yanada qalin aloqada bölişga umid bildirgan. Bu vaqtda u Davlat kotibi lavozimini tark etgan edi. 

Öşa yilning may oyida Hillari Sanford Bernstein konsalting kompaniyasi top menejyerlari bilan uçraşuvda Putinni «ajoyib suhbatdoş» deb atagan. 

2013 yil oktabr oyida Çikago birlaşgan yahudiylar jamğarmasida ma'ruza qilgan sobiq davlat kotibining fikriça, Rossiya prezidentini oldindan nima qilmoqçi ekanini aytib bölmaydi. «Uning nima qilmoqçi yoki demoqçi ekaniga heç qaçon yuz foiz işoniş qiyin. Bilasizmi, u Ona vatanini himoya qilişga tayyor. Şu boisdan ham bizda qiziqarli suhbatlar bölib ötgan», — degan edi Klinton xonim. 

Jon Podestaning WikiLeaks sayti tomonidan oşkor qilingan maktublarining navbatdagi qismida, şuningdek, Klintonning Putin daçasiga taşrif buyurgani haqidagi hayajonli hikoyasi ham e'lon qilingan.