AQŞ prezidenti Barak Obama, respublikaçilarni tanqid qiliş çoğida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning avvalgi lavozimi borasida xato qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

Obama respublikaçilarni, ular doimo Rossiyaga nisbatan qat'iy pozitsiyada bölgani, ammo bu safar Donald Tramp nomzodini ilgari surgani uçun tanqid qilgan. Çunki Tramp, Amerika yetakçisining fikriça, Putinni «namuna olişga arziydigan inson» deb biladi.

«Siz — taşqi siyosat masalalarida keskin qaraşlarga ega va Rossiyaga qarşi çiqadigan partiya bölgan holda, KGBning sobiq rahbari bölgan Vladimir Putinga öxşaşga urinadigan Tramp nomzodini ilgari surdingiz», — degan Obama, bu holatni açinarli deya baho berar ekan. 

Ma'lumki, Vladimir Putin KGB rahbari bölmagan, ammo 1998–1999 yillarda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida işlagan.