Şvetsiyaning Uniti startapi uç ğildirakli Ingenious EV elektrokarini işlab çiqişi uçun 800 ming dollar töplaşga muvaffaq böldi. Firma yangilikni e'lon qilgan vaqtda, jami 797 ming dollarni taşkil etgan 355ta pul ötkazmasini qabul qilib olgan. 

Dastlab, kompaniya 550 ming dollarni yiğişni rejalaştirgan. Ta'kidlaş kerakki, kraudfanding kampaniyasi tugaşiga 36 kun qoldi. Şvetsiya qonunlariga köra, loyihaga mablağ kiritgan 355 kişi firma aksionerlariga aylangan. Ayni vaqtda, kompaniya yangi elektrokarga 140ta buyurtmani ham qabul qilgan. 

Uniti 25-34 yoşlardagi mijozlar uçun bir kişilik şahar avtomobilini işlab çiqişni rejalaştirmoqda. Ikki eşikli elektromobil futuristik dizaynga ega böladi, unda elektron rul boşqaruvi hamda qöşimça reallik bilan töldirilgan proyektsion displey qöllaniladi. 

Kompaniya uning prototipini 2017 yilda sinab körişni, 2018 yildan buyurtmalarni qabul qilişni rejalaştirmoqda. Ilk maşinalar 2019 yilning uçinçi çoragi yoki 2020 yilning birinçi çoragidan xaridorlarga yetkazib beriladi. 

13 oktabr kuni Amerikaning Sondors startapi özining uç ğildirakli elektrokari loyihasi uçun 410 ming dollar yiqqani xabar qilingan edi. Firma 1 mln dollar yiğişni maqsad qilgan.