Nyu-Yorkning Bronks klinikasi jarrohlari boşi bilan çatişib ketgan siam egizaklarini muvaffaqiyatli ajratişdi. Jarrohlik operatsiyasi 16 soat davom etgan, söngra boş çanoqlarining tiklanişi uçun yana 8 soat talab etilgan. Bu haqda xorij OAV ma'lum qilmoqda.
Jyeydon va Enias ismli öğil egizaklar onasi Nikol Makdonald feysbukda operatsiya muvaffaqiyatli ötganini ma'lum qilgan. Jyeydon tiklaniş bölimiga ötkazilgan, operatsiyasi 5 soat keçroq yakunlangan Enias hali ham şifokorlar nazoratida jonlantiriş bölimida qolmoqda.

Bolalarning onasi farzandlarining tiklanişi oğir keçişi va uzoq davom etişi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Operatsiyaga siam egizaklarini ajratiş böyiça katta tajribaga ega bölgan jarroh Jyeyms Gudrix boşçilik qilgan. Bu egizaklar u ajratgan 7-siam egizaklari böldi.

Suratlar: Maqola qahramonining ijtimoiy tarmoqdagi şaxsiy sahifasi












