AQŞning HP kompaniyasi yaqin uç yil içida 3 mingdan 4 minggaça iş örnini qisqartirmoqçi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bunga kompyuter va printerlar bozoridagi past savdolar sabab bölmoqda. Şu xabardan keyin kompaniya aksiyalari narxi 1,3 foizga kötarilib ketdi.
Kompaniya boşliği Dion Vay¬sle¬rning aytişiça, bozorda yuqori darajadagi beqarorlik va noaniqlik hukm surmoqda. "Bizning asosiy bozorlar muammolarga duç kelmoqda va hozirda makroiqtisodiy şartlar doimiy ravişda özgarmoqda", deb aytdi Vay¬sle¬r.
Kompaniya prognoziga köra, 2017 moliyaviy yil böyiça daromad bir aksiyaga 1,55-1,65 dollar atrofida böladi. Tahlilçilar esa bu körsatkiç 1,61 dollar atrofida bölişini prognoz qilişmoqda.
Kompaniya çoraklik dividend tölovlarini 7 foizga oşirib, aksiyalarni qayta sotib oliş böyiça dasturini 3 mlrd dollarga kengaytirişini aytdi.
Kompaniya aksiyalari yil boşidan 28 foizga oşgan.

















