AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Şveytsariyaning Lozanna şahridagi "Bo-Rivaj" mehmonxonasiga yetib keldi. Bu şaharda Suriya inqirozi böyiça köp tomonlama muzokaralar bölib ötadi.
TASS agentligining xabar qilişiça, Kerri korteji mehmonxonaga yetib kelgaç, uning yordamçilari maşina yukxonasidan rahbarlarining kostyumi va gitarasini xonaga olib çiqişgan. Davlat kotibi, aytiş mumkinki, deyarli har doim xorijiy safarlariga musiqiy asbobi bilan birga boradi.
Davlat kotibi şu yilning mart oyida Moskvaga qilgan safarida, musiqiy guruh a'zosi bölganini aytgan edi.
Kerrining sözlariga köra, u maktabda öquvçilik vaqtida, musiqa guruhi a'zosi bölgan. YouTube saytida uning iştirokidagi lavhalar saqlanib qolgani ehtimol.












