Yamanlik husiyçilar avvalroq asirda uşlab turilgan ikki amerikalikni ozod qildilar. Bu haqda AQŞ davlat departamenti vakili Mark Toner ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

"AQŞ hukumati avvalroq Yamanda uşlab turilgan ikki amerikalik fuqaro ozod qilinib, Ummonga yetib kelganini qutlaydi", deb aytildi Toner bergan bayonotda. Toner ozod qilinganlar bilan endi AQŞning Ummon poytaxti Masqatdagi elçixonasi şuğullanişini qöşimça qildi. 

AQŞ hukumati Ummon rahbariyatiga körsatilgan kömak uçun minnatdorçilik bildirdi va husiyçilarning "insonparvar amalini" ijobiy baholadi. Toner Yaman hududida uşlab turilgan qolgan amerikaliklarni ham ozod qilişga çaqirdi.

Ozod qilingan amerikaliklar asirga tuşib qolişlari tafsilotlari, ularning ismlari oşkor qilinmagan.