Jahon | 10:17 / 16.10.2016
13563
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik chegarachilarga hujum qilgan shimoliy koreyalik baliqchilar Primorega yetkazildi

Foto: © RIA Novosti

15 oktabr kuni Primore o‘lkasidagi iqtisodiy hududda rossiyalik chegarachilarga hujum qilgan shimoliy koreyaliklar baliqchi kemasi ekipaji Primorega olib ketildi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga asoslanib «Interfaks» xabar bergan.

«Kun mobaynida kemaning o‘zi ham Primoredagi portlardan biriga olib kelinadi va uzoq muddatli tekshiruvlar boshlanadi», — degan manba. U rossiyalik chegarachilar kemasida feldsher bo‘lgani va u jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatgani haqida qo‘shimcha qilgan.

15 oktabr kuni Shimoliy Koreyaning baliq ovlovchi kemasi Rossiyaning Primore o‘lkasidagi iqtisodiy hududda uni tekshirmoqchi bo‘lgan rossiyalik chegarachilarga hujum qilishga urindi.  

Rossiya FXX xodimlari nishonga olib o‘q uzishi oqibatida Shimoliy Koreya kemasi jamoasining 9 a'zosi yaralangan, ulardan biri olingan jarohatlardan vafot etgan.  

Mavzuga oid