Rossiyaning Primore o‘lkasida ishlovchi shimoliy koreyalik barcha mehnat migrantlar 2019 yilga qadar o‘z vatanlariga qaytishi kerak. Bu haqda RIA Novosti mintaqa huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha departamentiga asosan xabar bermoqda.
Avvalroq, Primore hukumati 2018 yilga KXDRdan 9264 ishchini jalb etishni muvofiqlashtirib olgani ma'lum bo‘lgandi, biroq Rossiya Mehnat vazirligi bunday murojaatni rad etdi. O‘lka gubernatori vazifasini bajaruvchi Andrey Tarasenkoning yanvarda jurnalistlarga aytishicha, Primore o‘lkasi hukumati o‘lkada KXDRdan taxminan 10 ming ishchini qoldirish uchun Moskvaga murojaat qilgan. Keyinchalik Tarasenko ayni damda Primoreda bo‘lib turgan shimoliy koreyalik ishchilar mintaqada 2018 yilning oxiriga qadar qolishini aytib o‘tdi.
"Primoreda yil oxirigacha 2017 yilda 2018 yil uchun, sanksiyalar joriy etilishiga qadar tegishli ruxsatnomalarni olgan KXDR fuqarolari ishlaydi. Bugungi kunda o‘lkada bunday ishchilar soni bir necha ming kishini tashkil etadi, dekabrda taxminan 400 kishi qoladi, 2019 yilning yanvarida – nol. Shimoliy Koreyadan Primorega mehnat migrantlarining kirishi taqiqlandi", - deya ma'lum qilishgan departamentdan.











