Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev Antoniu Guterrişni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari öz maktubida Özbekiston BMTni butun jahon tinçligi va barqarorligini saqlaş, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning köplab murakkab muammolarini hal etiş, izçil rivojlanişni ta'minlaş va ekologiyani himoya qilişdagi universal xalqaro tuzilma deb hisoblaşini ta'kidlagan.

Şavkat Mirziyoyev BMTga a'zo davlatlarda barqaror va keng kölamli rivojlaniş böyiça taşkilotga yuklatilgan vazifalarni amalga oşirişda Antoniu Guterrişni qat'iy qöllab-quvvatlaşini bildirib, öziga qulay vaqtda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif etgan.