AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp özining saylovlar böyiça asosiy raqibi Xillari Klintonga uçinçi teledebatlar oldidan birgalikda doping-sinovdan ötişni taklif qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Milliarder oxirgi teledebat oldidan Klinton organizmiga maxsus vositalar kiritilgani va şuning evaziga Klinton yuqori darajada iştirok eta olganini taxmin qilmoqda.

"Men debatlar oldidan organizmimizda tibbiy vositalar mavjudligiga sinovdan ötişimiz kerak, deb hisoblayman. Men Klinton bilan nima sodir bölayotganini unça tuşunmayapman. Ötgan debatlar oldidan u juda jöşqin edi, biroq oxirida uni sahnadan olib çiqib ketişlarini sörayotgandek körindi", deb aytdi Tramp.

Tramp 19 oktabrdagi uçinçi teledebatlar oldidan Klintonga "albatta yana nimadir urib qöyişlarini" qöşimça qildi. 

Tramp avvalroq ham Klintonning mamlakatni boşqara olişga qodirligiga uning salomatligi sababli şubha bildirib kelayotgandi.