Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada yil boshidan buyon 2 mingdan ortiq bola mikrotsefaliya bilan tug‘ildi
Braziliyada yil boshidan beri 2 mingdan ziyod bola mikrotsefaliya tashxisi bilan tug‘ildi, bu ayollarning homiladorlik paytida Zika bezgagiga chalinganligi bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda. Bu haqida Janubiy Amerika mamlakatining Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Bolalarning rivojlanishdan ortda qolish holatlari bilan tug‘ilishi mamlakatning 26 shtati va poytaxt federal okrugida aniqlangan. Mikrotsefaliya bilan tug‘ilgan boalalar eng ko‘p Pernambuko shtatida qayd etilgan.
Bir yil avval Braziliya tibbiyot boshqarmasi 9,8 ming mikrotsefaliya holati tufayli mamlakatda favqulodda holat e'lon qilishgan edi, keyinchalik ulardan 4,7 ming nafari o‘z tasdig‘ini topmadi. Aynan Zika bezgagi natijasida mikrotsefaliya bilan tug‘ilgan bolalar soni o‘shanda 386 nafarni tashkil qildi. Bu haqida Telesur kanali ma'lum qilgandi.
Zika bezgagi - maymunlarning o‘tkir infeksion kasalligi bo‘lib, u insonga chivinlar orqali o‘tadi. Virus homilador ayollar uchun juda xavfli, chunki u bolaning mikrotsefaliya (miyaning potensial og‘ir shikastlanishi) bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026