Çernogoriya boş vaziri hamda hukmron Sotsialistlar demokratik partiyasi rahbari Milo Jukanoviçning bayonot berişiça, mamlakat bir neça oyda NATO a'zoligiga oid masalani hal etadi.
Çernogoriya hukmron partiyasi yakşanba, 16 oktabr kuni bölib ötgan parlament saylovlarida 81 deputatlik örnidan 36tasini egallaşga muvaffaq böldi. Uni ta'qib qilgan Demokratik front muxolif partiyasi yangi parlamentda 18ta deputatlik örnini egallaydi. Muxolifatning tört partiyasi birlaşib parlamentda köpçilikni (41 örin) taşkil etib, boş vazirni hukumatdan çetlatişni rejalaştirmoqda.
Boş vazir, yangi hukumatning navbatdagi qadami mamlakatning YeIga a'zo bölişiga doir muzokaralarni faollaştirib, uni yakunlaş ekanini ta'kidlagan.
Çernogoriyaning NATO tarkibiga kirişşiga mamlakatdagi muxolifat partiyalari qarşilik körsatmoqda. Ular bu masalani parlamentda emas, umummilliy referendum orqali hal etişni talab qilişmoqda.












