Rossiya prezidenti Vladimir Putin Goada bölib ötgan BRIKS davlatlari yetakçilari sammitida "family photo" – "oilaviy surat"ga tuşiş vaqtida egnidagi hind milliy kiyimining rangini özi tanlamaganini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Putin bu suratda Hindistonda kuç va yovuzlikka qarşi kuraş, jasurlikni ifodalovçi kök rangdagi hind milliy libosi – bandida bölgan.

"Men buni bilmaganimdan uyatdaman. Gap şundaki, biz bu kiyimlarni tanlamaganmiz, bizga uni olib çiqib berişdi. Menga nima berişgan bölsa, öşani kiyib ketaverdim", deb aytdi Putin BRIKS yakunlariga bağişlangan matbuot-anjumanida kiyimning rangini uning özi tanlagani-tanlamagani haqidagi savolga. 

Sammit ötkazayotgan mezbon davlat milliy libosida suratga tuşiş norasmiy udumi 1993 yilda Sietlda ötgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi forumida an'anaga kiritilgan. Biroq 2009 yildagi Singapurdagi sammitda bu an'anaga heç qanday rasmiy tuşuntirişsiz birinçi marta amal qilinmagan, uning iştirokçilari işçi kostyumlarda suratga tuşişgan. Bu an'ana 2013 yilda Balidagi sammitda yana qayta kiritilgan va hozirgaça davom etib kelmoqda.

Endi bu an'anani BRIKS doirasida qöllaşga qaror qilingan körinadi.