Facebook ijtimoiy tarmoğining “Voditeli Taşkenta” guruhi a'zolari Toşkent şahrida avtomobillarga yoqilği topiş muammosini muhokama etmoqda. Jumladan, foydalanuvçilardan biri 13 oktabr kuni şaharning Yunusobod tumani yoqilği quyiş şaxobçalaridan benzin topa olmaganidan noligan, deb yozmoqda carzone.uz sayti.
Guruhda ma'lum qilinişiça, Toşkent şahrining Şayhontohur tumanidagi “Samarqand Darvoza” savdo köngiloçar majmuasi qarşisidagi AYoQŞ yonida mahalliy aholi vakillari benzinni idişlarda qimmatroq narxda sotişni yölga qöygan.

Ma'lumki, “Özneftmahsulot” AJ kompaniyasi benzin barça AYoQŞlarga yetarli miqdorda yetkazib berilayotgani, biroq xaridorlarning özi ehtiyojlaridan ortiq yoqilği sotib olayotganini ta'kidlab keladi. Ammo, aksariyat yoqilği quyiş şaxobçalari keçki 18-00dan keyin, benzin qolmagani sababli mijozlarga xizmat qilişni töxtatadi.



















