AQŞda Xellouin bayrami oldidan internet orqali masxaraboz niqoblari va kiyimlari sotilişi töxtatildi. Mashable naşrining ma'lum qilişiça, bu çora oxirgi mahal masxaraboz kiyimlarida odamlarni qörqitiş ommalaşgani sababli amalga oşirilmoqda. 

Bunday çorani Target kompaniyasi rahbariyati qabul qilişga qaror qildi. "Joriy vaziyatni hisobga olgan holda, biz öz assortimentimizdan turli masxaraboz niqoblarini ham peştaxtalarimizdan, ham internetdan olib taşlaşga qaror qildik", deb aytdi kompaniya vakili Joşua Tomas.

Onlayn-dökonlardan bunday niqoblar va kiyimlar ötgan haftada olina boşlangan. Endilikda Target’ga tegişli saytlardan "Quvnoq masxarabozning lateks niqobi" va "Kattalar uçun masxaraboz niqobi" kabi mahsulotlar olib taşlandi. 

Naşrning ta'kidlaşiça, ba'zi "qörqinçli bölmagan" masxaraboz niqoblari hali ham sotuvda bor. 

Masxaraboz kiyimidagi noma'lum kimsalar AQŞ va Buyuk Britaniyada avgust oyi oxiridan paydo böla boşlagan. Bunday kiyimdagi noma'lum kimsalar bolalarni pul bilan aldab, örmonga olib ketmoqçi bölgan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari masxaraboz kiyimidagi jinoyatçilar hujum qilgan joylar belgilangan maxsus xaritani ham yaratişdi.

AQŞda bunday "hazillar" uçun 12 kişi hibsga olindi. Tasdiqlanmagan ma'lumotga köra, masxarabozlarning köpayişi, misol uçun yozuvçi Stiven Kingning "U" deb nomlangan romani asosida yaratilgan dahşat filmining reklama kampaniyasi bölişi ham mumkin.

Oxirgi bunday jiddiy hujumlardan biri Şvetsiyada sodir böldi. U yerda masxaraboz kiyimidagi kimsa 19 yoşli yigitni piçoq bilan yelkasidan yaralagan.

Eslatib ötamiz, AQŞda Barça avliyolar kuni – Xellouin bayrami 31 oktabrda nişonlanadi.