Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT aktyorga qo‘yilgan ayblovga qaramay Leonardo Di Kaprio bilan hamkorlikni to‘xtatmaydi
Foto: EPA
BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlarga tashkilotning tinchlik elchisi hisoblangan amerikalik aktyorga qo‘yilgan ayblovlarga qaramay, Leonardo Di Kaprio bilan hamkorlikni to‘xtatmasligini ma'lum qildi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tashkilot Hollivud yulduzining iqlim o‘zgarishi oqibatlari bilan kurashdagi faoliyatini avvalgidek qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Bundan avval Bruno Menser fondi (Bruno Manser Fund ) Di Kaprioni 1MDB Malayziya davlat investitsiya fondiga aloqador shaxslardan pul olishda ayblab, undan BMT tinchlik elchisi maqomidan voz kechishni talab qilgan.
"Leonardo Di Kaprio bir necha marta 1MDB atrofidagi nizolarga jalb qilingan kishilar bilan shaxsiy va moliyaviy aloqalari sababini izohlashdan bosh tortgan. Agar u Malayziyadagi korrupsiyadan uzoqlashmasa, u holda BMTning iqlim o‘zgarishlari bilan kurashish sohasidagi tinchlik elchisi vakolatidan voz kechishi lozim.
Biz korrupsiyaga chek qo‘ymay turib, atrof-muhitni asray olmaymiz".
Lukas Straumann, Bruno Manser Fund rahbari
The Wall Street Journal ma'lumotlariga ko‘ra, Martin Skorsezening Di Kaprio ishtirokidagi "Uoll-stritlik bo‘ri" filmi 1MDB pullariga suratga olingan.
Mavzuga oid
12:48
Melaniya Tramp BMT Xavfsizlik kengashi majlisiga raislik qildi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
09:37 / 27.02.2026
Melaniya Tramp BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi
21:07 / 26.02.2026