Cygnus transport yuk fazo kemasi belgilangan orbitaga yetdi, deb xabar qilmoqda NASA agentligi. U, Rossiyaning RD-181 dvigateli örnatilgan Antares raketa-taşuvçisi yordamida havoga kötarilgan edi.
TASS ma'lumotlariga köra, Cygnus 23 oktabrgaça orbitada bölib turadi, şundan söng Xalqaro Kosmik Stantsiyasiga ulanadi.
Yuk fazo kemasi XKSga 2,3 tonna yuk, jumladan suv, sarf qilinuvçi materiallar va ilmiy texnikalarni olib boradi. Bundan taşqari, Yer ob-havosini kuzatiş maqsadida mitta sun'iy yöldoşlarni fazo kengliklariga çiqarişda qöl keladigan uskunalar ham yetkaziladi.












