Filippinning yangi prezidenti Rodrigo Duterte Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda giyohvand moddalarga qarşi kuraşda "inson huquqlariga tupurgani borligini" aytdi.  

Duterte giyohvand moddalarni tarqatiş va iste'mol qilişda gumonlanib qatl etilgan 3,5 ming filippinlikni, jumladan bunga aloqador bolalarni "zararkunandalar" deb atadi. Prezidentning aytişiça, bolalarning qatl etilişiga yöl qöyib bölmaydi va bu holat tergov qilinadi.  

"Agar siz mening mamlakatimni barbod qilsangiz, men sizlarni öldiraman", deb aytdi Duterte hamda öz harakatlarini mamlakatning kelajak avlodi haqida qayğurayotgani bilan tuşuntirdi.

The Guardian naşrining ma'lum qilişiça, Duterte giyohvandfuruşlar va giyohvandlarni yöq qiliş böyiça politsiyaning maxsus otryadlarini yaratgan. Maqolada aytilişiça, otryad a'zolari köp hollarda politsiya kiyimi kiymasdan yurişadi hamda gumonlanuvçilarni qoronğu payt yöq qiladilar.